APL. "Arsenal" tengsiz bo'lib qolaveradi

1 mar 2020, 01:22
"Uotford" Angliya premer-ligasi 22-turida "Liverpul"ni (3:0) mag'lub etdi.

Shu tariqa Yurgen Klopp jamoasi qayd etayotgan mag'lubiyatsiz seriya 45-bahsga kelib yakun topdi. Vaholanki, "Liverpul"da mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi bo'yicha Arsen Venger boshqaruvidagi "Arsenal" qayd etgan rekordni yangilash imkoniyati bor edi. "To'pchilar" 2003-2004 yillarda APLning qatorasiga 49 turida muvaffaqiyatsizlikka uchramagan edi va bu natija hamon eng yaxshisi bo'lib qolmoqda.

"Liverpul" qayd etgan 44 bellashuvdan iborat seriya futbol bo'yicha Angliya chempionati yuqori divizionidagi 2-natija bo'lib tarixga kirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia