APL. 90+7 daqiqada penaltidan kiritilgan to'p “Tottenxem”ni tayyor g'alabadan mahrum etdi

Eldor Akmurzayev
27 sen 2020, 20:00
Angliya chempionati 3-turi doirasida “Tottenxem” o'z maydonida “Nyukasl”ni qabul qilib, murosa yo'lini tanladi.

O'yindagi hisob 25-daqiqada mezbonlar forvardi Lukas Moura tomonidan ochildi. Javob to'pi esa hakam tomonidan qo'shib berilgan so'nggi daqiqalarda Kallam Uilson tomonidan kiritildi. U raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi.

Tottenxem – Nyukasl 1:1 (1:0, 0:1)

Tottenxem Xotspur Stedium

Gollar: 1:0 – 25 Lukas Moura, 1:1 – 90, penalti Uilson.

Tottenxem – Loris, Sanches, Doerti, Devis, Dayer, Uinks, Lo Chelso (Ndombele, 77), Lukas Moura (Lamela, 79), Xeyberg, Son Xyon Min (Bergveyn, 46), Keyn.

Nyukasl – Darlou, Fernandes, Mankilo, Lassels, Ritchi (Lyuis, 69), Almiron (Kerroll, 77), Shelvi, Xendrik (Merfi, 74), Xeyden, Joelinton, Uilson.

Ogohlantirishlar: Shelvi (44), Joelinton (53), Lyuis (82), Xeyden (90).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia