Anzur Tim Keyxillni to'xtata olmadi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2015, 14:16
Xitoy Superligasida 28-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Anzur Ismoilov to'p tepayotgan "Chanchun Yatai" klubi safarda "Shanxay Shenxua"ga qarshi o'ynadi. O'yinda mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchishdi. Ismoilov "Chanchun" safida doimgidek to'liq o'ynadi va 31-daqiqada ogohlantirildi. Jamoa  34 ochko bilan musobaqa jadvalining 8-pog'onasida borishmoqda.

Klub keyingi o'yinni 25 oktyabr kuni o'z maydonida "Shanxay Ist Eyshia"ga qarshi o'tkazadi.

Xitoy Superligasi
"Shanxayn Shenxua" - "Chanchun Yatai" 3:0
Gollar:
Muhammad Sisokko 2, Tim Keyxill 40, 86

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia