Anxel Di Mariya: "Bolaligimdan chempionlar ligasidagi g'alabani orzu qilardim"

Aziz Tukhtamuradov
25 may 2014, 09:16
Final o'yinining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Anxel Di Mariya g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Real"ning o'ninchi kubokni qo'lga kiritishi - ajoyib voqea. Men bolaligimdan Chempionlar ligasidagi g'alabani orzu qilardim. Ayni paytda ushbu orzuim amalga oshdi. Men judayam baxtliman.

Uchta sovrinni qo'lga kiritish yo'lida yil davomida qattiq mehnat qildik. Lekin, chempionatda imkoniyatni boy berdik.Lekin, baribir asosiy maqsadimizga erishdik", - deydi argentinalik futbolchi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru