Anvar Berdiev: "Natijadan qoniqdim. O'yindan esa yo'q"

Administrator
27 mar 2024, 21:23
Pro-liganing 3-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Do'stlik" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun mavsumdagi ilk g'alabamizni qo'lga kiritdik. Mavsumning boshi har doim qiyin bo'ladi. Futbolchilarimizga raxmat aytaman. "Do'stlik" jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

- Vaziyatlardan foydalanish darajasiga qanday baho berasiz?

- Juda yomon. Bunaqa imkoniyatlarni qo'ldan boy bermaslik kerak. Futbolchi maydonga tushdimi, har doim maksimal harakat qilishi kerak. Mashg'ulotlarda bu borada ishlayapmiz. 

- O'yinning 78-daqiqasida Nodirbek Mukarov birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. O'sha vaziyatda hafsalangiz pir bo'lgandek ko'rindi...

- Bu vaziyat bo'yicha Mukarovni o'zi bilan gaplashganmiz. U o'sha vaziyatda gol bo'ldi deb o'ylagan. Vaziyatgacha bir oz bo'shashdi. Lekin Mukarov bugun o'ziga bo'lgan ishonchni oqladi. Jamoamizning birinchi golini urdi. Vaziyatlarni ko'rib chiqib, tahlil qilamiz. 

- "Sho'rtan" yarim soat mobaynida bir kishi ko'p bo'lib harakat qildi. Natijadan qanchalik qoniqdingiz?

- To'g'risini aytsam, natijadan qoniqdim. O'yindan esa yo'q. Futbolchilarim bundan ko'prog'iga qodir edi.

- Oldinda "Mashal"ga qarshi o'yin kutib turibdi. Bu uchrashuv haqida nimalarni ayta olasiz?

- Bugungi o'yindan so'ng futbolchilarga bir kun dam beramiz. Keyin mashg'ulotlarga kirishamiz. "Sho'rtan" har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia