Anvar Berdiev gol urgan uchrashuvda "Istiqlol" g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
20 mar 2019
2019-yilgi PRO-Liga tayyorgarlik olib borayotgan Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi bugun Oltiariqning "Imkon" jamoasiga qarshi nazorat-sinov uchrashuvini o'tkazdi.

Mazkur uchrashuv Oltiariqdagi "Imkon arena" o'yingohida tashkil etildi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi "Istiqlol" jamoasining tajribali hujumchi Anvar Berdievning penaltidan urgan gol evaziga 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo'limda ham "Istiqlol" vakillari mezbonlar darvozasini yana bir bor ishg'ol etdilar. Farg'onaliklarning ikkinchi goliga Abduxoliq Qurbonov mualliflik qildi.

Nazorat uchrashuvi.

"Imkon" - "Istiqlol" 0:2 (0:1)

Gollar:
Anvar Berdiev pen. (0:1), Abduxoliq Qurbonov (0:2)

Hakamlar: M.Fozilov, O.Azamjonov, SH.Shokirov

"Imkon": Ulug'bek Abdumalikov , Mirmuhsin Yusupov, Shuxrat O'rinboev, Doston O'rinboev, Elnur Turg'unov, Mirodil Yorqinjonov, Timur Hoshimov, Samandar O'rinboev, Musabek Hosilov, Rahmatillo O'ktamov, Muxammadqodir Umarjonov
Zaxira: Axrorbek Salimov, Shoxjahon Isroilov, Ulug'bek Muxammadjonov, Asliddin Rahimov, Doniyor Rahimov.

"Istiqlol": Rustam Nartadjiev, Timur Sultonov, Anvar Berdiev, Abduqodir Artiqov, Sherzod Sodiqjonov, Sardor Sotvoldiev, Rustam Abduhamidov, Ulug'bek Xudoberdiev, Riza Ayvazov, Elyor Mamasoliev, Farruh Ibrohimov.
Zaxira: Abduxoliq Qurbonov, Jasur Ermamatov, Eldor Ergashev, Asadbek Mamasodiqov, Elyor Akbarov, Shoxrux Boyqo'ziev, Fayzullo Jumanqo'ziev

Bekzod Tolibov tayyorladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia