Antuan Grizmann Frank Riberining so'zlariga javob qaytardi

Tolibjon Qosimov
14 okt 2016, 12:19
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberining gaplariga javob qaytardi.
Avvalroq, Frank madridliklar futbolchisini jahon darajasidagi o'yinchi deb hisoblashga hali erta ekanligini aytib o'tgan edi.

"Men o'z ishimni qilishda davom etaman. Riberining so'zlariga keladigan bo'lsak, yakunda qanday o'yinchi bo'lishimni vaqt ko'rsatadi. To'g'ri yo'ldaman deb hisoblayman. Har bir odamda o'z fikri bo'ladi. Masalan, otam meni jahonda eng yaxshisi deb hisoblaydi, "Atletiko" muxlislari ham", - deydi Grizmann "AS"ga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: AS