

"Manchester Yunayted" klubi futbolchisi Antoni "Sherif"ga qarshi o'yinda ishlatgan finti haqida gapirdi. O'sha o'yinda Antoni o'z o'qi atrofida to'p bilan ikki marta 360 gradusga aylangandi. Bu fint aynan Antonining "tashrif qog'ozi" hisoblanadi.
"Biz o'z sanatimiz bilan hammaga tanilganmiz. Men bu fintni takrorlashni to'xtatmayman. Aynan shuning uchun ham hozir "Man Yunayted"daman", -deb yozadi futbolchi.
Ma'lumot uchun, Antoni aynan shu finti sabab bir necha futbolchilar tomonidan tanqidga uchradi. Ular orasida Pol Skoulz ham bor.



