Ansu Fati termasi borasida bir qarorga keldi

Mirjalol Normatov
8 sen 2019
"Barselona"ning yosh iqtidorli futbolchisi Ansu Fati Ispaniya termasida o'ynashga qaror qildi.

"Sport" xabariga ko'ra, 16 yoshli futbolchi Ispaniyaning 19 yoshgacha bo'lganlar termasidan tushgan taklifga ijobiy javob bergan. Ma'lumot uchun, futbolchi Gvineya-Bisau davlatida tug'ilgan.

Fati ushbu mavsumda "Barselona"ning asosiy jamoasida debyut qilgandi. U 2 o'yinda bir gol kiritishga ham erishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport