Anrimi? "Monako"ning yangi bosh murabbiyi 15 oktyabr kuni e'lon qilinadi

Aslanov Jasurbek
12 okt 2018, 16:45
Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Terri Anri yaqin vaqt ichida "Monako" bosh murabbiyi vazifasini egallashi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 13 oktyabr kuni Anri Belgiya terma jamoasidagi murabbiylik faoliyatini to'xtatadi. U 15 oktyabrda monegasklarning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi.

Oldinroq, "Monako" Leonardo Jardim bilan xayrlashgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe