Anri: "Messi ajoyib formada"

Sherzod Nurmatov
1 noya 2022, 18:34
"Barselona" sobiq futbolchisi Terri Anri Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

"Ko'pchilik himoyachilar sarosimaga tushishadi, chunki Messi har doim o'yin boshida o'yin unga qiziqmasdek harakat qiladi va keyin u tempni o'zgartiradi. Men u bilan bir necha yil o'ynaganman. Messi ushbu mavsumda aql bovar qilmas formada", – dedi Jahon chempioni.

Argentinalik afsona joriy mavsum "Pari Sen-Jermen" libosida barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda 12 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Futbolero