Anons: Jasur Hasanov o'zi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

Nadirkhuja Yuldashev
3 dek 2013, 14:48
Kuni kecha "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagan Jasur Hasanov bugun "SA" ofisiga tashrif buyurdi.

"Bugun ertalab men haqimda xabar chiqibdi. Emishki, raqobatdan qo'rqib "Lokomotiv" tarkibiga borib qo'shilibman. Yana bu yerda pul katta rol o'ynabdi. Aslo unday emas. Meni hayotimda ayni paytda pul muhim rol o'ynaydigan vosita emas. Shuning chun saytlaringizga kelib barchasi haqida ochiq oydin aytib berishga qaror qildim", - deydi Jasur Hasanov.


Siz uchun qiziqarli bo'lishi kutilayotgan intervyuni ertaga soat 12:00da "SA"da mutola qiling!



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia