Angliyaning to'rt top-klubi "Brayton" himoyachisi uchun kurashmoqda

Alisher
10 iyun 2021, 18:24
Angliya chempionatining to'rt top-klubi "Brayton" himoyachisi Ben Uayt uchun da'vogarlik qilmoqda.

23 yoshli angliyalik futbolchiga "Liverpul", "Tottenxem", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. Klub futbolchi uchun 50 million funt talab qilmoqda.

Uayt 2020/21 yilgi mavsum "Brayton" tarkibida 39ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, futbol Angliya terma jamoasida jarohatlangan himoyachi Trent Aleksandr-Arnoldning o'rniga Evro-2020ga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror