Angliyada ishi yurishmagan futbolchi La Ligaga qaytdi

5 iyul 2017, 07:22
Ispaniyaning "Malaga" klubi "Suonsi" hujumchisi Borxa Bastonni ijaraga oldi.


O'tgan yili yozda "Eybar"dan "Suonsi"ga o'tgan hujumchi Borxa Bastonning APLdagi ishlari ko'ngildagidek kechmadi. Natijada uelsliklar Bastonni yana Ispaniyaga qaytarib yuborishga qarshilik qilishmadi. "Malaga" klubi hujumchini bir yillik ijaraga olganini rasman ma'lum qildi.

Baston o'tgan mavsumda APLda 18 uchrashuvda maydonga tushgandi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Malaga