Angliya terma jamoasi JCH-2014 uchun tayyorgarlikni 11 maydan boshlaydi

Narzulla Saydullayev
22 noya 2013, 14:31
Angliya futbol assotsiatsiyasi barcha klublardan 2014 yil yozidagi turnelarni bekor qilishni so'ramoqda.
Shu tariqa Angliya futboli rahbarlari terma jamoaning Braziliyadagi mundialga munosib tayyorlanishini taminlashmoqchi.

Angliya terma jamoasi ustozi Roy Xodjson futbolchilarni 11 may kuni APL tugashi bilan yig'inga chaqirmoqchi.

JCH-2014 oldi yig'ini esa 19-25 may kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda. 28 may kuni Angliya termasi o'rtoqlik uchrashuvi ham o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru