

Kosovo maydoniga safar qilgan Angliya terma jamoasi bir necha daqiqa avval yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi. Uchrashuda Xarri Keyn, Markus Reshford, Maunt va Xarri Uinkslar o'z nomlariga gol yozdirib qo'yishdi.
Kosovo – Angliya 0:1
Gol:
0:1 – 32 Uinks, 0:2 – 79 Keyn, 0:3 – 83 Reshford, 0:4 – 90 Maunt.
Kosovo – Murich, Dreshevich, Aliti, Voyvoda, Xaderdjonay (Jegrova, 73), Rashica, Kololi, Celina, Berisha (Xalimi, 65), Rraxmani, Nuxiu (Rashani, 82).
Angliya – Poup, Chiluell, Maguayr, Mingz, Aleksander-Arnold (Tomori, 84), Rays, Oksleyd-Chemberlen (Maunt, 72), Sterling, Uinks, Xadson-Odoi (Reshford, 59), Keyn.

Mazkur g'alabadan keyin inglizlar hisobidagi ochkolar 21taga etdi va ular guruh yetakchisi bo'lib turishibdi. 3-o'rindagi Kosovo hisobida esa 11 ochko bor. A guruhidagi ikkinchi uchrashuvda Bolgariya minimal hisobda g'alaba qozondi.
Bolgariya – Chexiya 1:0
1:0 – 56 Bojikov.
Bolgariya – Georgiev, Popov, Bojikov, Zanev, Malinov (Cvetkov, 89), Vanderson (Nedelev, 72), Kostadinov, Despodov (Kraev, 69), Popov, Marselino, Terziev.
Chexiya – Kolarj, Kudela, Borjil, Kaderjabek, Chelyustka, Souchek, Kral (Gushbauer, 71), Shevchik (Masopust, 65), Yankto, Darida, Ondrashek (Dolejal, 80).
Eslatib o'tamiz, chexlar 15 ochko bilan mazkur guruhda ikkinchi bo'lib turishibdi.



