Angliya Islandiyadan uchragan mag'lubiyatdan so'ng inglizlar ustozi nimalar dedi?

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2024, 12:19
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt o'rtoqlik o'yinida Islandiyadan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

Fakt. Angliya oxirgi 5 ta o'yinning faqat bittasida yutdi. Kecha jamoa o'z uyida Islandiyaga yutqazdi

"Idealdan ancha uzoqdamiz. Buni boshqacha qabul qilib bo'lmaydi. Sovrinni iqtidor evaziga yutish mumkinligi haqida o'ylash bizni bo'shashishga majbur qilyapti va bu narsa murabbiylarni o'ylantirib qo'yyapti... Futbol bunday ishlamaydi.

Yuqori darajadagi bahslarda g'alaba qozonish uchun o'yinning har bir aspektida g'alaba qozoinsh kerak. Bu uchrashuvda Islandiya g'alabaga haqli edi. Ularda yana bir nechta vaziyat bo'ldi" - dedi Sautgeyt.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph