"Angliya Evro-2024da g'alaba qozonmasa, hayron qolaman"

Tolibjon Qosimov
20 mar 2024, 18:54
Sobiq futbolchi Pol Merson Angliyani Evro-2024 favoriti deb hisoblaydi.

"Angliya Evroni yutadi, agar chempion bo'la olmasak, hayron qolaman. Kim bizdan kuchliroq? Fransiya bo'lishi mumkin. JCH-2022da Fransiya bilan so'nggi bor to'qnash kelgandik va o'sha uchrashuv teng kurashlar ostida kechgandi, ammo Xarri Keyn penaltidan foydalana olmagan. Keyn penaltidan gol urganida, biz aniq g'alaba qozongan bo'lar edik.

Germaniya? Yo'q, Portugaliya? Yo'q, ular qariyotgan terma jamoa. Angliya yutuq va mag'lubiyatlarga to'la tajribaga ega. Angliya tayyor.

Angliya terma jamoasi bilan hech kim tenglasha olmaydi. Bizning zaxiramizdagi futbolchilar, boshqa terma jamoaning asosiy tarkibidan joy olishi aniq. Markus Reshford va Jek Grilish kabi futbolchilar terma jamoaga jalb etilmaydigan biror bir mamlakatni bilmayman. Yevropa terma jamoalaridan faqatgina Kilian Mbappe va Virjil Van Deyklarni Angliya terma jamoasiga qo'shish mumkin", - dedi "Arsenal" sobiq futbolchisi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: skysports.com