Andrey Shipilov: "Barchasi xayrli tugaganligidan xursandmiz"

Narzulla Saydullayev
29 apr 2018, 20:52
"Metallurg" - "Buxoro" jamoalari uchrashuvdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov qatnashdi.

Andrey Shipilov, "Metallurg" jamoasi bosh murabbiyi: - Musobaqa jadvalining kuchli uchligida borayotgan jiddiy raqibga qarshi o'ynadik. Har ikkala jamoa birinchi taymni ehtiyotkorlik bilan o'tkazdi. Xatoga yo'l qo'ymaslik payida bo'lishdi va buni uddalashdi. Ikkinchi taym boshida esa qo'pol xato evaziga gol o'tkazib yubordik. Yaxshiyamki, ko'p vaqt o'tkazmasdan ikkita gol bilan javob qaytardik. 

Uchrashuv yakunida biz uchun og'ir kechdi. Lekin boshqa xatoga yo'l qo'ymadik. Ketma ket muvaffaqiyatsiz o'yinlardan keyin bu g'alaba biz uchun juda zarur edi va biz uni saqlab qololdik. Bugun birinchi taymda shogirdlarimning o'yinidan qoniqish hosil qildim. Ikkinchi taymda mas'uliyat yuki og'irlik qildimi, yoki issiq havo ta’sirimi, ancha palapartish harakatlar kuzatildi. Barchasi xayrli tugaganligidan xursandmiz. Endi bir kunlik dam olishdan so'ng safar o'yiniga tayyorgarlikni boshlaymiz".

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Металлург” матбуот хизмати