Andrey Fyodorov: “Yangilardan kimdir asosiy tarkibda tushishi mumkin”

Mirjalol Normatov
16 iyul 2018
O'zbekiston Superligasining 17-turidan o'rin olgan “Nasaf” jamoasiga qarshi o'yindan oldin “Lokomotiv” ustozi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

– “Nasaf”ga qarshi o'yin uchun tayyorgarlik biz rejalashtirgan holat bo'yicha ketmoqda. Shukurki, hech kim jarohatlanmagan, barcha futbolchilar sog'lom. “Nasaf” hali umuman bunday holatda bo'lmagandi. Biroq ularga qarshi bahs har doim qiziqarli kechgan. O'yin bizga ham “Nasaf”ga ham qiyin kechadi. 18 iyun kungi bahsda biz bunga qanday tayyorgarlik ko'rganimizni ko'rsatib beradi. Yigitlarni barcha bahslarga jiddiy tayyorlantirishga harakat qilyapmiz. Hozir ligada oson o'yinlar yo'q.

Yangi futbolchilardan kimdir asosiy tarkibga kirishi mumkin. Biroq ularning barchasi ham 90 daqiqa o'yinda qatnasha olmasa kerak. Bugun va ertaga bo'ladigan mashg'ulotlarda ular bilan jismoniy holat borasida gaplashib olaman. O'yindan bir kun oldingi mashg'ulotlarda yigitlar bilan o'yinning rejalarini tuzib olamiz va kimlar asosiy tarkibda tushishini aniqlaymiz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz