Andres Inesta: Barselona uchun peshqadamlikka qaytish muhim edi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2014, 08:22
Barselona yarim himoyachisi Andres Inesta Ispaniya chempionatining 23-turida Sevilyaga qarshi o'yindan so'ng (4:1) o'z fikrlarini bayon qildi.
Peshqadamlikka qaytish biz uchun muhim edi. O'yin og'ir kechdi, biroq g'alaba qozona oldik. Bu g'alaba bizga keyingi o'yinlarda ruhiy yordam bo'ladi.

Oxirigacha kurashamiz. Asosiysi – ochkolarni yo'qotmasdan olg'a borish.

Messi doim o'zini ko'rsatadi va bir necha daqiqada o'yin taqdirini hal qila oladi, – deydi Inesta.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru