Andreev: "Xalk ketganidan so'ng "Zenit" g'alabani raqiblaridan sug'urib olyapti"

Aslanov Jasurbek
16 fev 2017, 16:47
"Rostov" sobiq bosh murabbiyi Sergey Andreev Rossiya klublarini Yevropa Ligasi pley-off bosqichidagi o'yinlari haqida to'xtaldi.

"Ko'pchilikning fikricha, "Zenit" turnirda uzoqroqqa bora oladi. Bunday demagan bo'lardim. Xalk ketganidan so'ng piterliklar yirik hisobda g'alaba qozonmay, g'alabani raqiblardan sug'urib olyapti. "Rostov"ga qarshi bahsni eslang, 10-daqiqada "Zenit" 0-2 hisobida mag'lub bo'layotgan edi. Luchesku jamoasi hozircha yaxshi taassurot qoldirmayapti.

Do'stimdan "Rostov"-"Sparta" o'yiniga taklif oldlim, shu sababli stadionga ketyapman. Agar bugun "Rostov" hech bo'lmasa 1-0 hisobida g'alabaga erishsa - bu o'sish bo'ladi. Minimal hisobdagi g'alaba keyingi bosqich uchun etarli bo'lishi mumkin. "Manchester Yunayted"ga duch kelgunimizcha bu haqida ko'p muhokama qilishimiz mumkin. Shuning uchun, faqat o'yinni ko'rish va muxlislik qilish lozim", - dedi Andreev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com