Andreas Pereyra "Flamengo"dan MYUga qaytadi

Alisher
31 may 2022, 11:27
"Manchester Yunayted"dan "Flamengo"da ijara asosida o'ynayotgan yarim himoyachi Andreas Pereyra Angliya klubiga qaytadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, tomonlar 26 yoshli braziliyalikning ijara bitimini uzaytirish borasida kelisha olishmadi.

Pereyra 2021 yilning avgustidan beri "Flamengo" safida harakat qilayotgan edi.

U 45ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano