Andreas Inesta muvaffaqiyatsizlikni nima bilan izohlashni bilmayapti

12 dek 2015, 23:09
"Barselona" yarim himoyachisi Andreas Inesta "Deportivo" bilan bo'lgan o'yinda g'alabani qo'ldan chiqarganlari uchun g'azabda.


"Biz o'yin so'nggida uchrashuvdagi tashabbusni raqibga berib qo'ydik. Nazoratni yo'qotdik. Buni nima bilan izohlashni bilmayapman. Ketma-ket ikki bahsda ochko yo'qotdik. Biz buni yaxshilab tahlil qilib, qayerda xato qilganimizni ko'rib chiqishimiz zarur", - deydi Inesta.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca