Andrea Pirlo: "Barselona"dagi inqirozga ishonmayman"

8 dek 2020, 01:01
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo YCHL guruh bosqichi 6-turi doirasidagi "Barselona" bilan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Janluiji Buffonning ahvoli joyida, u ertaga maydonga tushishi mumkin. Buffon bunday o'yinlarda ishtirok etishga loyiq sportchi.

"Barselona"ning inqirozga uchraganiga ishonmayman. Bu ajoyib jamoa.

Bu o'yin o'zishimiz juda muhim. Guruhni birinchi pog'onada yakunlash yaxshi, ammo bizning maydondagi o'yinimiz muhimroq", – dedi "keksa sinora" bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com