Andre Villash-Boash: Tottenxem chempionlik uchun kurashadi deb o'ylamayman

Tolibjon Qosimov
22 avg 2013, 15:25
"Tottenxem" bosh murabbiyi Andre Villash-Boashning fikricha, mavsumlar oralig'idagi yaxshi haridlarga qaramay, uning klubi hozircha premer-ligada chempionlik uchun kurashishga tayyor emas.
"Biz bu mavsumda sovrin uchun nomzod ekanimiz haqidagi firga qo'shilmayman. Hamma narsa bo'lishi mumkin. G'ozir hammasi o'zgaryapti".
"Sotib olgan yangi futbolchilarimiz bilan bir jamoani tashkil qilishimiz talab etiladi. Biz ular bilan uncha uzoq vaqt ishlay olmadik. Bunga vaqt bo'lmadi. Yaqin vaqt ichida shu ishni amalga oshiramiz deb umid qilaman.  

Bir mavsumda to'rtta sovrin? Bu haddan tashqari qiyin masala. Angliyada faqat "Manchester Yunayted" trebl qila olgan xolos.

Bir mavsumda hech kim to'rtta sovrin yutmagan Angliyada. Bu haqida hozir faqat orzu qilish mumkin. Lekin kelajakda bu ishni amalga oshira olaman deb umid qilaman. Biz juda kuchli jamoa tuzyapmiz", dedi portugaliyalik mutaxassis.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru