Andre Onana PSJga o'tishi mumkin

Alisher
13 apr 2020
"Ayaks" darvozaboni Andre Onana PSJ qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Xabarlarga ko'ra, 24 yoshli darvozabonning o'zi ham kelasi mavsumda PSJga o'tish haqida o'ylamoqda.

Kamerunlik "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u klubning yoshlari tizimida 2010-2015 yillar davomida to'p tepgan.

Onana joriy mavsum Eredviziyada 24ta o'yinda maydonga tushib, 8ta quruq o'yin o'tkazdi. Futbol 2016 yildan beri Kamerun terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Le Equipe