"Kosonsoy"da kechgan mazkur uchrashuvda har ikkala jamoa murabbiylari bir qator yoshlarni sinovdan o'tkazishdi. Jamoalarning o'zaro kelishuviga ko'ra, o'yin 30 daqiqadan, uch bo'limdan iborat bo'ldi. Mezbonlar shu bois har bir bo'limda yangi tarkib bilan harakat qildi. "Burgutlar" ham asosan yoshlardan iborat tarkib bilan to'p surdi. Birinchi bo'lim, 1:0 hisobida kosonsoyliklar ustunligi ostida yakunlangan bo'lsa, keyingi vaqtlarda "Andijon" futbolchilari raqib darvozasiga 4ta to'p kiritishga erishdi.
Uchrashuvda andijonliklarning gollariga Akmal Jo'raboev (2ta), Sardor Soibov, hamda Tohir Mahmudov mualliflik qilishgan bo'lsa, "Kosonsoy"ning yagona goli Mirjamol Jamolov hisobiga yozildi.
"Andijon" endi dushanba kuni o'z maydonida "Qo'qon-1912" bilan yana bir o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.