"Andijon" ertaga o'z qarorgohida yig'iladi

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2013, 22:46
Bugungi kunga kelib nafaqat oliy liga klublari balki, birinchi liganing ko'plab jamoalari ham ikkinchi bosqich o'yinlari uchun tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
Ammo "Sharq" mintaqasida peshqadam schifatida tanaffusga yo'l olgan "Andijon" hanuz yig'inni boshlamadi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Azamat Abduraimov ertaga, yani 22 iyul dushanba kuni futbolchilarni Andijonda yig'adi va mashg'ulotlarga kirishiladi. Klub rasmiy saytida yozilishicha jamoani hozircha Asqar Jadigerov, Aleksandr Lupashko hamda Asker Najafaliev rasman tark etgan.

Bo'lajak yig'inda murabbiylar shtabi albatta tarkibga yangi futbolchilarni taklif etadi va ularni sinovdan o'tkazadi. Maqul kelganlari bilan esa bitim imzolanadi.

Katta extimol bilan birinchi bosqichda "Paxtakor-2" jamoasida to'p surgan, asli andijonlik bo'lgan Ilhom Abdug'aniev ikkinchi davrani "Andijon"da o'tkazishi kutilmoqda. Shuningdek yana boshqa bir nechta futbolchilar ham kelishi mumkin. Bu haqda jamoaning yig'ini boshlanganidan so'ng bilib olamiz.

Humoyun Davurov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia