"Andijon" bugun yig'ildi

3 yanv 2014, 15:18
Qisqa muddatli tatildan so'ng andijonliklar bugun yana o'z qarorgohida yig'ildi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, hozircha jamoa tarkibiga yangi futbolchilar kelib qo'shilgani yo'q. Asosan birinchi yig'inda ishtirok etgan vodiylik o'yinchilar klub ixtiyoriga yetib kelgan.

Jamoa etakichisi Asqar Jadigerov hamon Andijonga yetib kelmagan. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, futbolchiga "Neftchi" qiziqish bildirmoqda.

Jamoa a'zolari bugun soat 15:30da tog'li xudud bo'lgan "Ekin-tikin" dahasida kross o'tkazishadi.

Ertadan yana ikki mahal mashg'ulot o'tkazilishi aytilmoqda. 

Jamoa safiga qo'shilishi kutilayotgan yangi o'yinchilar 5-10 yanvar oralig'ida Andijonga tashrif buyurishi mumkin.

Shuningdek Toshkentda o'tadigan yig'inga ham bir qator o'yinchilar kelishi tahmin qilinmoqda.


Manba: championat.asia