

Agar bu bahs Viktor Kumikov shogirdlarining g'alabasi bilan tugasa, "burgutlar" autsayderlar hududidan chiqib olishadi. Shuningdek, mazkur o'yinning "Andijon" uchun muhim jihati shundaki, bugun jamoaning O'zbekiston chempionatlaridagi tarixiy 1000-goli urilishi mumkin.

Gap shundaki, o'tgan turda "Lokomotiv" bilan o'yinning 90+4-daqiqasida Pavel Zabelin tomonidan urilgan gol "Andijon" uchun yuqori diviziondagi 999-si bo'lgandi.

Ma'lumot uchun, "burgutlar"ning O'zbekiston chempionatlaridagi 900-goli 2015 yil Ibrohim Otaxonov tomonidan "Buxoro" (hozirgi "Nurafshon") darvozasiga kiritilgandi.



