"Anderlext" "Chelsi" himoyachisini ijaraga olmoqchi

Alisher
1 okt 2020
"Chelsi" va AQSH terma jamoasi himoyachisi Mett Miazga yaqin orada ijara asosida "Anderlext"ga o'tishi mumkin.

Ushbu transferning amalga oshishida muhim rolni jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani o'ynamoqda va u amerikalik futbolchini Bryusselga o'tishga ko'ndirgan.

25 yoshli Miazga 2016 yilning yanvaridan "Chelsi"ga tegishlidir. Ammo u doim ijara to'p tepadi: "Vitess", "Nant" va "Reding".

Markaziy himoyachi 2015 yildan beri AQSH etrma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NizaarKinsella