Anchelotti “Real” Benzemasiz ham “El Klasiko”da g'alaba qozonishga qodirligini aytdi
Eldor Akmurzayev
20 mar 2022, 08:35
Ispaniya chempionati 29-turidan o'rin olgan “Barselona”ga qarshi o'yin oldidan “Real” forvardi Karim Benzema jarohat oldi va “Santiago Bernabeu”dagi bahsda qatnashmasligini aniq bo'ldi.
Madridliklar ustozi Karlo Anchelotti bunga munosabat bildirdi.
“Biz g'alaba qozona (Benzemasiz ham) olamiz. U 34 yoshdagi futbolchi va bazida shunday jarohatlar bo'lib turadi. Bu o'ta jiddiy muammo emas va u juda tez sog'aymoqda”, deydi Anchelotti.