Anchelotti Pike bilan bahslashuv mohiyatini tushuntirdi

Оқил Абдубарноев
13 yanv 2022, 21:56
"Barselona"ga qarshi Ispaniya superkubogi yarim finali yakunlanishiga oz vaqt qolganida Karlo Anchelotti Jerar Pike bilan bahslashib qoldi.

Marca nashrining muxbirlari italiyalik mutaxassis bilan suhbatlashib, mojaro sababini aniqlashdi. Ma'lum bo'lishicha, bu tortishuv Pikening "halol o'yin" sport qoidalariga rioya qilmasligidan kelib chiqqan, raqibi jarohat olganida ispaniyalik himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishni istamagan.

"Vinisius jarohat olib yotgan paytda undan to'pni chiqarib yuborishini so'radim. U esa "Barselona" hech qachon bunday qilmaydi deb aytdi", - izoh berdi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvda "Real Madrid" 3:2 hisobida g'alaba qozondi, "qaymoqranglilar" finalda "Atletiko" – "Atletik" juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca