Anchelotti: "O'ylashimcha, Xabi Alonso "Real"da qolmoqchi"

Tolibjon Qosimov
8 noya 2013, 17:14
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub yarim himoyachisi Xabi Alonso borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Alonsoning safga qaytishi bu men uchun eng yaxshi yangilik. Men uni "professor" deb atayman. Alonso jamoa uchun muhim o'yinchi. Xabining shartnomasini uzaytirish borasida gap so'z bo'lishi mumkin emas, u bizga juda kerak. O'ylashimcha, futbolchining o'zi ham shu yerda qolmoqchi", - deydi Anchelotti.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru