Anchelotti: "Napoli" birinchi taymni ideal o'tkazdi"

Mirjalol Normatov
29 sen 2019, 18:57
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Breshiya" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

"Bunday o'yinlar bo'lib turishi tabiiy. Agarda hisobni 3:0 qilmasdan gol o'tkazib yuborsang, o'yin qayta jonlanadi.

Birinchi bo'limni ideal o'tkazdik, biroq ikkinchi bo'lim bilan unchalik maqtana olmayman. Ikkinchi bo'limda esa 5 himoyachi bilan qanotlarni yopdim.

Di Lorenco men uchun ajoyib topilma bo'lyapti. U juda ishonchli va qaerga qo'ysam ham bir xil o'ynayapti. Unga ko'p ham gapirish shart emas", - dedi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express