Ana xolos. "Yuventus" Manjukichni 5 million evroga sotishga tayyor

Alisher
28 okt 2019, 11:58
"Yuventus" hujumchi Mario Manjukich bilan xayrlashishga tayyor.

Turin klubi 33 yoshli xorvatiyalik o'yinchini 5 million evroga sotib yuborishga tayyor.

Xabarlarga ko'ra, Manjukichga "Manchester Yunayted" va "Inter" klublari raqobatlashmoqda.

Eslatib o'tamiz, xorvatiyalik forvard joriy mavsum hali maydonga tushgani yo'q.

Mario "Yuventus"ga 2015 yilda kelgan. Hujumchi bunga qadar "Marsoniya", "Zagreb", "Dinamo Z", "Volfsburg", "Bavariya" va "Atletiko" klublari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport