Ana xolos! Neymar faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
13 iyun 2025, 16:04
Mashhur braziliyalik futbolchi, "Santos" a'zosi Neymar klubini o'zgartirib, Turkiyaga ko'chib o'tish ehtimoli bor.

"Fanatik" portaliga ko'ra, 33 yoshli vingerga Istanbulning "Fenerbaxche" klubi qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, Turkiya grandi Neymarga yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 1 yillik shartnoma taklif qilgan. Futbolchining "Santos" bilan amaldagi bitimidagi bandga alohida e'tibor qaratish lozim, unga ko'ra u Yevropaning istalgan klubiga tekinga o'tish huquqiga ega.

Neymar joriy yil 14 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xorij jamoalarining faol qiziqishiga qaramay, "Santos" rahbariyati ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor va futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fanatik