Amrabat faoliyatini Madrid klubida davom ettirish mumkin

Оқил Абдубарноев
22 iyun 2023
"Fiorentina" yarim himoyachisi Sofian Amrabat faoliyatini "Atletiko Madrid"da davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, klub 26 yoshli marokashlik bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazgan.

Amrabat 2020 yilning yozidan beri "Fiorentina"da o'ynamoqda, uning shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 30 million evroga baholamoqda.

2022/23 yilgi mavsum yarim himoyachi barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L'Equipe