Amerikalik bokschi Messini ringga chorladi

Sherzod Nurmatov
14 fev 2025
Bokschi Logan Pol "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi bilan jang qilishni taklif qildi.

Amerikalik va argentinalik ichimlik brendlari bo'yicha o'zaro sudlashmoqda. Bokschining brendi Prime futbolchining brendi Mas+ qadog'ini ko'chirishda ayblanyapti.   

TikTok'da e'lon qilingan videoda Logan Messini istehzoli tarzda jangga taklif etgan. 

"Do'stim, sen bizdan ko'chirding. Sen nima qilganingni hamma ko'rdi. Biz sudga tortildik, bu adolatsizlikdan keyin biz ham qarshi davo kiritdik. Agar sen eng yaxshisini mag'lub eta olmasang, eng yaxshi bo'lishing kerak, lekin bu noqonuniy tarzda qilindi, bu bizning dizaynimiz. Biz o'zimizni himoya qilamiz va bu taqib deb ataladi.

Hazilni bir chetga surib gapirsam, qasam ichamanki, agar Messi Logan Polga qarshi ringga ko'tarilsa, davodan voz kechish haqida o'ylayman. Ringda ko'rishguncha", – dedi Logan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca