Amerika kubogi-2016. Ochilish o'yinida AQSH mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2016, 08:33
Amerika kubogi-2016 musobaqasining birinchi o'yinida AQSH va Kolumbiya terma jamoalari to'qnash kelishdi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida kolumbiyalik Sapata gol urib hisobni ochdi. Taym so'nggida Xames Rodriges penaltidan ikkinchi bor AQSH darvozasini nishonga oldi - 0:2. Ikkinchi bo'limda jamoalar gol ura olishmadi va AQSH o'z uyidagi musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi.

Amerika kubogi
Guruh bosqichi
1-tur
"A" guruhi

AQSH – Kolumbiya 0:2
4 iyun, 06.30, Levi's Stadium
Gollar
: 0:1 – 8 Sapata, 0:2 – 42, penalti Xames.
AQSH – Gyuzan, Yedlin, Bruks, Kemeron, Djonson, Bredli, Bedoyya (Zusi, 86), Djons (Nagbe, 66), Dempsi, Zardes, Vud (Pulishich, 66).
Kolumbiya –   Ospina, Dias, Murilo, Aryas, Sapata, Kuadrado, Kardona, Torres, Xames (Selis, 73), Peres (Sanches, 86), Bakka (Moreno, 88).
Ogohlantirish: Bedoyya (57).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia