Ambrozini “Fiorentina”ga o'tdi

5 iyul 2013, 10:25
“Milan”ning fahriy yarim himoyachisi, shartnomasi tugagach, darhol “A Seriya”ga qayti. U “Fiorentina” bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Yarim himoyachi “Fiorentina” tarkibida kelayotgan mavsumning so'ngiga qadar to'p suradi. Bungacha u “Rossoneri”lar tarkibida 1995 yildan buyon harakat qildi.

Payshanba kuni “Fiorentina” kelishuvni tasdiqladi. Klub rasmiy sayti quyidagini e'lon qildi:

"“Fiorentina” Massimo Amborzinini sotib olganini ma'lum qilamiz. Futbolchi jamoamiz bilan 2014 yil, 30 iyungacha birga bo'ladi”.

35 yoshli futbolchi ikki karra Chempionlar Ligasi g'olibi sanaladi.


Manba: goal.com