

“Natija va o'yindan juda xursandman. Dastlabki chorak soatdan so'ng biz ustunlikni qo'lga kiritdik. Biz bugungi bahsda ancha qiyinchilikka uchradik. “Yuventus“ markazni egallashga intildi va buning natijasida qanotlarda bo'shliqlar paydo bo'ldi. Biz esa shundan foydalanishga harakat qildik“, - dedi Alonso.
Endi “Real Madrid“ yarim final uchun kechadigan bahsda “Borussiya D“ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 5 iyulga belgilangan.



