
Men uchun "Yuventus"ning taklifiga rozilik bildirish qiyin kechmadi. Turinliklar taklifini inkor etishni ilojisi yo'q edi. Agar shunday qilganimda bu jinnilik bo'lardi. Menga bu chorlov juda maqul tushdi. Bu yerdagi futbolchilarning ko'zida g'alabaga tashnalik juda kuchli.
Biz jamoamiz bilan katta-katta g'alabalarni qo'lga kiritishni istaymiz. Yevropada ham muvaffaqiyat qozonishni xohlaymiz.
Pirlo bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Ammo kimdir noto'g'ri mish-mishlarni chiqarib yuborgan. Bularning barchasi bo'lmagan gap.