Allegri: "Yuventus"ning omadi keldi"

Aziz Tukhtamuradov
11 fev 2022, 08:09
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Sassuolo"ga qarshi chorak final o'yinidan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin deyarli tugab bo'lgandi, ammo biz gol ura oldik. Ikkinchi taymda ko'plab vaziyatlar yaratib, yaxshi o'ynadik. 

Dibalaning tezkor golidan so'ng biz uxlab qoldik va "Sassuolo" himoyadan chiqib, hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo'lim oxirida biz nihoyat uyg'ondik va hujumlar tashkil qildik. 

Tanaffusdan so'ng bizda to'g'ri yo'nalish bo'ldi va agressivroq o'ynab, yakkakurashlarda ham to'pni olib qo'ydik. Bu "Sassuolo"dek jamoaga qarshi bahsda muhim rol o'ynadi", - dedi Allegri. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia