Allegri ketishining asosiy sababchisi Nedved ekan

Aslanov Jasurbek
18 may 2019, 14:58
"Yuventus" vice-prezidenti Pavel Nedved Massimiliano Allegrining bosh murabbiylikdan ketishida tashabbuskor bo'ldi.

Chexiyalik Turin klubi sport direktori Fabio Paratichi bilan birgalikda Allegrining ketishi kerakligini takidlagan. Nedved shu haqda klub prezidenti Andrea Anelliga "agar Allegri qolsa, men ketaman" degan manoda ultimatum qo'ygan. Yakunda, klub prezidenti Nedved fikrini maqullagan.

Nedved va Allegri klubning transfer siyosati masalasida kelisha olishmagan. Mutaxassis klubni yangilash haqida aytgan bo'lsa, Nedved kuchli futbolchilarni topish qiyin ekanligini takidlagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere della Sera