Allegri: "Dibala kechirim so'radi"

Aslanov Jasurbek
9 fev 2019, 18:45
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoa hujumchisi Paulo Dibala bilan kelishmovchilik borasida izoh berdi.

Dibala "Parma"ga qarshi A Seriyaning 22-tur o'yini paytida zaxira o'rindig'ini tark etib, kiyinish xonasiga yo'l olgani murabbiyni g'azablantirgan edi.

"Dibala kechirim so'radi. U aqlli yigit. Klub unga 10-raqamni berib, Dibalaning elkasiga jiddiy mas'uliyatni yukladi. Ish yopildi" - deydi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia