Allegri Bonuchchi bilan kelishmovchilik tufayli iste'foga chiqishga tayyor edi

Aslanov Jasurbek
24 fev 2017, 12:42
Agar "Yuventus" rahbariyati himoyachi Leonardo Bonuchchini jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri istaganidek jazolashga rozi bo'lmasa, mutaxassis iste'foga chiqishga tayyor edi.

"Portu"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvidan oldin Bonuchchi Allegri bilan kelishmovchilik tufayli qaydnomaga kiritilmadi. Voqea "Palermo"ga qarshi A Seriya uchrashuvida sodir bo'ldi. Rahbariyat jarima bilan kifoyalanmoqchi edi, ammo murabbiy uning talabi bajarilmasa klubni tark etish bilan tahdid qildi.

“Yuventus” Diego Simeoneni Turinga olib kelmoqchi

"Yuventus" rahbariyati Allegrini jarimaga tortadi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Repubblica