Allegri: 5 daqiqagina bosim ostida qoldik, keyin o'yin nazoratimiz ostiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
23 fev 2017, 09:31
Yuventus ustozi Massimiliano Allegri Portuga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.

Jamoa xarakter namoyish etdi, biz faqat 5 daqiqa bosim ostida qoldik, keyin bahs nazoratimiz ostiga o'tdi. Sabr bilan raqib himoyasini yorib o'tishga urindik, endi uyga g'alaba bilan qaytayapmiz. Hisob 3:0 bo'lishi mumkin edi, ammo hozirgi natija ham bizni qoniqtiradi. Jamoa yangi taktikada yaxshi o'ynamoqda.

Portu bizga qarshi bahsda juda qiynaldi, – deydi Allegri.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com