Alisher Ziyovuddinov "Qo'qon-1912"ning yangi a'zosi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2016
“Qo'qon-1912” jamoasi tarkibi yana bir futbolchi bilan boyidi.

O'tgan mavsumni Bekobodning “Metallurg” jamoasi safida o'tkazgan Alisher Ziyovuddinov rasman jamoamiz a'zosiga aylandi. Kuni kecha 23 yoshli futbolchi bilan bir yillik bitim imzolandi.

Aytish kerakki, 2012 yildan beri “Metallurg” sharafini himoya qilib kelayotgan Ziyovuddinov bekobodliklarning yetakchilaridan biriga aylangandi.

Uning jamoamizdagi faoliyatiga ham omad tilab qolamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz